2026-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 mln kishini tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Aholisi soni eng koʻp boʻlgan TOP-10 tuman-shaharlar roʻyxati quyidagicha:
Namangan shahri – 731,3 ming kishi;
Samarqand shahri – 607,6 ming kishi;
Urgut tumani – 588,6 ming kishi;
Andijon shahri – 506 ming kishi;
Denov tumani – 442,7 ming kishi;
Olmazor tumani – 419,6 ming kishi;
Pastdargʻom tumani – 401,5 ming kishi;
Yunusobod tumani – 395 ming kishi;
Shayxontohur tumani – 374,6 ming kishi;
Asaka tumani – 369,6 ming kishi.