Oʻzbekistonda 4 oyda 44,6 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar aprel oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 44,6 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga oshgan.

Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

• Toshkent shahri — 7,9 trln soʻm;

• Samarqand viloyati — 6 trln soʻm;

• Toshkent viloyati — 5,9 trln soʻm;

• Andijon viloyati — 3,6 trln soʻm;

• Fargʻona viloyati — 3,5 trln soʻm;

• Buxoro viloyati — 3 trln soʻm;

• Qashqadaryo viloyati — 2,7 trln soʻm;

• Namangan viloyati — 2,7 trln soʻm;

• Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 2 trln soʻm;

• Navoiy viloyati — 1,9 trln soʻm;

• Xorazm viloyati — 1,4 trln soʻm;

• Jizzax viloyati — 1,3 trln soʻm;

• Surxondaryo viloyati — 1,3 trln soʻm;

• Sirdaryo viloyati — 1,3 trln soʻm.