Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va Soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.S.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari “Dorilomon” MFY hududidagi savdo do‘konida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 182,7 mln so‘mlik turli nomdagi 6 595 dona alkogol mahsulotlarini savdoga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.