Yurtimizda sport bilan shugʻullanuvchi aholi ulushi 70 foizdan oshdi

Milliy statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalariga asosan mamlakatimizda sport bilan shugʻullanuvchi aholi ulushiga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, 2025-yilda yurtimizda jismoniy faollik va sport bilan shugʻullanuvchi uy xoʻjaliklari aʼzolari ulushi 70,3 foizni tashkil etgan.

Mazkur koʻrsatkichning soʻnggi yillardagi dinamikasida oʻsish kuzatilgan, jumladan:

  • 2021-yil — 60,9 foiz;
    2022-yil — 62,3 foiz;
    2023-yil — 63,7 foiz;
    2024-yil — 67,8 foiz;
    2025-yil — 70,3 foiz.

Bundan koʻrinadiki, aholi orasida jismoniy faollikka boʻlgan qiziqish yil sayin ortib boryapti.