Ostonaga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev huzurida Investitsiya va savdo sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
“Yoʻl xaritasi”da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xoʻjaligi kabi tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Hujjat joriy yil aprel-may oylarida ikki davlat rahbarlarining Buxoro va Turkiston shaharlarida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan.