Adliya vazirligi Koʻp kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 3824, 29.04.2026-y.)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.
Unga koʻra, aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagilar oʻrnatilishi shart boʻladi:
koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasida oʻrindiqlar oʻrnatishi;
tegishli masofada chiqindilarni tashlash uchun chiqindilarni ajratuvchi oʻrnalar joylashtirishi lozim.
Shuningdek, uylarga tutash yer uchastkalarida quyidagi umumiy foydalanish maydonchalari boʻlishi kerak:
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar oʻynashi uchun;
katta yoshdagi aholining dam olishi uchun;
jismoniy tarbiya mashgʻulotlari bilan shugʻullanish uchun;
maishiy chiqindilarni yigʻish uchun;
it va boshqa uy hayvonlarini sayr qildirish uchun;
velosiped va boshqa mobil vositalarni (samokat, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalarning aravachalari) saqlash uchun.
Uylarga tutash yer uchastkasi hamda infratuzilma obyektlari obodonlashtirilishi, daraxtlar va oʻsimliklarga, oʻtish yoʻlkalari va trotuarlarga suv sepish uchun muhandislik-texnik qurilmalar bilan jihozlanishi, elektr yoritish tizimiga ega boʻlishi kerak.