Qashg‘ar yaqinidagi Shacheda bodom bog‘lari gullash davriga kirdi

11.04.2026 10:00 Video 2253 ipaknews.uz

XXRning Qashg‘ar yaqinidagi Shache tumanida 20 ming gektardan ortiq bodom bog‘lari gullash davriga kirdi. Natijada Kunlun tog‘ etaklari fonida atrof-muhit go‘zal bahor manzarasiga burkandi.

Shache Xitoyda bodom yetishtirish bo‘yicha eng yirik hudud hisoblanadi. Tumanda hozirda 66 ta qayta ishlash korxonasi faoliyat yuritib, ular bodom suti, moyi, asali va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Bu esa hududda barqaror ishlab chiqarish zanjirining shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Bodom gullash mavsumida ushbu hududga ko‘plab sayyohlar tashrif buyurmoqda. Bu holat madaniy turizm rivojiga hamda mahalliy aholi daromadlarining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bodom yetishtirish sohasi va agroturizmning rivojlanishi qurg‘oqchil iqlimli hududlarda qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash va turizmni samarali uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini namoyish etmoqda.