Andijonda tadbirkor 1 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirladi

Andijon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda YATT M.A. aholiga xizmat koʻrsatish binosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.