Samarqandda “Sharq taomlari” gastronomik festivali boʻlib oʻtmoqda

Samarqand shahrining Alisher Navoiy koʻchasida “Taste of Samarqand” deb nomlangan “Sharq taomlari” xalqaro festivali qizgʻin va koʻtarinki ruhda oʻtayapti. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

23-24-mart kuni xalqaro va mahalliy oshpazlar ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbirda mehmonlarga oʻzbek va dunyo oshxonasining eng sara namunalari taqdim etilmoqda. Turli davlatlardan kelgan mohir oshpazlar23-24-mart kuni xalqaro va mahalliy oshpazlar ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbirda mehmonlarga oʻzbek va dunyo oshxonasining eng sara namunalari taqdim etilmoqda. Turli davlatlardan kelgan mohir oshpazlar oʻz mahoratini namoyish etib, taom tayyorlash jarayonini jonli tarzda koʻrsatib berishmoqda.

Festival davomida mehmonlar nafaqat taomlardan bahramand boʻlishmoqda, balki ularning tayyorlanish sir-asrorlari bilan ham yaqindan tanishyapti. Har bir burchakda turli xil milliy va xalqaro taomlarning xushboʻy hidlari barchani oʻziga jalb qilmoqda.

Eng eʼtiborga molik jarayonlardan biri — 30 metrli ulkan shashlik tayyorlangani boʻldi. Bu esa tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Festivalda oʻndan ortiq davlatdan kelgan dunyoga mashhur oshpazlar oʻzlarining milliy taomlarini tayyorlash barobarida mahorat darslari ham tashkil etishmoqda.

Festivalning birinchi kunida xorijlik mohir oshpazlar ishtirok etishgan boʻlsa, ikkinchi kunida mahalliy oshpazlar oʻz mahoratlarini namoyish etishadi.

Ikki kunlik mazkur festival doirasida shuningdek, hunarmandchilik mahsulotlari va sharq shirinliklari koʻrgazmalari ham tashkil etilgan.

Xullas, tadbir uning barcha ishtirokchilariga milliy anʼanalar, mazali taomlar va unutilmas taassurotlar ulashmoqda. Musiqa, quvnoq kayfiyat va samimiy muhit festivalga oʻzgacha ruh bagʻishlayapti.