Ramazon hayiti kuni Toshkent metrosi bir soat oldin ish boshlaydi

20-mart — Ramazon hayiti kuni metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bayram kunlarida “Toshkent metropoliteni” DUK yoʻnalishlarida poyezdlar harakati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

• 2026-yil 20–21-mart kunlari metro poyezdlari harakati shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida amalga oshiriladi.

• 2026-yil 22–23-mart kunlari esa metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.

“Hurmatli yoʻlovchilar, mazkur jadvalni inobatga olgan holda oʻz harakatlaringizni rejalashtirishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.