Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzining iqtidori, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, yurtimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayrati, zamonaviy bilim va malakasi, maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Gʻ.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

***

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

ROʻYXATI

 

Satniyazova Indira Qaniyaz qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich magistranti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi — Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi — Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Ergashova Mehriniso Husniddin qizi — Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

Fayzullayeva Vazira Xamidovna — Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

Tursunova Visola Behzodovna — Jizzax davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Joʻraboyeva Muhsina Orif qizi — Oʻzbekiston Milliy universitetining tabiiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri (Jizzax viloyati)

Murodova Marjona Shuxrat qizi — Bojxona institutining xalqaro hamkorlik boʻlimi inspektori (Qashqadaryo viloyati)

Amirova Latofat Bahrom qizi — Erkin ijodkor, shoira (Qashqadaryo viloyati)

Qudratova Mashxura Fazliddin qizi — Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Navoiy viloyati)

Haydarova Laziza Nabijon qizi — Navoiy davlat universitetining 2-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qizi — M.Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli balet artisti (Namangan viloyati)

Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi — Oʻzbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Mamedova Amaliya Parvizovna — Samarqand shahridagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Samarqand viloyati)

Tohirova Mohigul Umir qizi — Samarqand davlat universitetining amaliy psixologiya kafedrasi assistenti (Samarqand viloyati)

Mingboyeva Zulxayo Ulugʻbek qizi — Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Sirdaryo viloyati)

Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Sirdaryo viloyati boʻlimi sozandasi (Sirdaryo viloyati)

Ibrogimova Nodira Jurabekovna — Toshkent shahridagi “Shkola 21” nodavlat taʼlim muassasasi loyiha rahbari (Surxondaryo viloyati)

Shokirova Gulhayyo Oʻktam qizi — Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining 1-bosqich magistranti (Surxondaryo viloyati)

Uralova Gulhayo Baxodir qizi — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti 2-bosqich tayanch doktoranti (Toshkent viloyati)

Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi — Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va sanʼat maktabining badiiy kashtachilik oʻqituvchisi (Toshkent viloyati)

Joʻraboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi — Xalqaro frilanserlik platformalari frilanseri (Fargʻona viloyati)

Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi — Fargʻona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Fargʻona viloyati)

Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi — Urganch davlat tibbiyot institutining katta oʻqituvchisi (Xorazm viloyati)

Doʻsmetova Shahzoda Doʻsmet qizi — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Xorazm viloyati boʻlimi maqom xonandasi (Xorazm viloyati)

Saranseva Anastasiya Olegovna — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 208-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi (Toshkent shahri)

Mavlonova Sevinch Sanjar qizi — “Yangi Oʻzbekiston” universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent shahri)