Shavkat Mirziyoyev marhum kichik serjant Xosilbek Eshnazarovni “Jasorat” medali bilan mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini saqlash, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolgan holda oʻz burchini sidqidildan va yuksak sharaf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini koʻrsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi yoʻl-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar oʻgʻli “Jasorat” medali bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev