Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi

2026-yilning 9-13-fevral kunlari Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Islom olami madaniy merosi boʻyicha qoʻmitaning 13-sessiyasi”ning yakuniy xulosalari maʼlum qilindi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, mamlakatimiz tomonidan taqdim etilgan 9 ta nomzodnomalardan 7 tasi maʼqullanib, AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarining boshlangʻich roʻyxatiga kiritilgan.

Quyida ushbu roʻyxatga kiritilgan moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari bilan tanishishingiz mumkin:

  • 4 ta nomoddiy madaniy meros namunasi — yogʻoch oʻymakorligi sanʼati, miniatyura sanʼati, xattotlik sanʼati, kitobat va tazhib sanʼati;
  • 3 ta moddiy madaniy meros obyekti — Qadimiy Termiz majmuasi, Shahrisabz tarixiy-majmuasi, Mizdahkan tarixiy-majmuasi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar yurtimizning quyidagi 19 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, bular:

  • Samarqand shahridagi Registon majmuasi;
  • Ismoil Somoniy maqbarasi;
  • Chor Bakr majmuasi;
  • Bahouddin Naqshband majmuasi;
  • Magʻoki Attor masjidi;
  • Poyi Kalon majmuasi;
  • Qadimiy Poykent shahri xarobalari;
  • Saroyi Tosh madrasasi.

Ipak yoʻllari:

  • Zarafshon–Qaroqum yoʻlagi;
  • Turonning sovuq qishloq choʻllari;
  • Samarqand — madaniyatlar chorrahasi;
  • Buxoro tarixiy markazi;
  • Zomin togʻlari (Jizzax viloyati);
  • Shahrisabz tarixiy markazi;
  • Sulton Saodat majmuasi;
  • Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi;
  • Sulton Uvays Bobo maqbarasi;
  • Sayyid Ataliq madrasasi hamda Oʻzbekistonda kulolchilik (keramika) sanʼati.

Shunday qilib, AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekistondagi meros obyektlari soni 26 taga yetdi.