Oʻzbekistonliklar 2025-yilda yashash va ovqatlanish uchun qancha mablagʻ sarfladi?

2025-yilda Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 227 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻtgan yilda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida qayt etilib, poytaxtda bu miqdor 38,7 trln soʻmni tashkil qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 26 trln soʻm mablagʻ bilan Samarqand viloyati ikkinchi, 23,6 trln soʻmlik koʻrsatkich bilan Namangan viloyati uchinchi pogʻonada qayd etilgan.

Shuningdek, yil davomida mazkur turdagi xizmatlar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi 12,4 trln soʻm, Andijon viloyati 15,1 trln soʻm, Buxoro viloyati 11,6 trln soʻm, Jizzax viloyati 6,9 trln soʻm, Qashqadaryo viloyati 20 trln soʻm, Navoiy viloyati 6,9 trln soʻm, Surxondaryo viloyati 9,8 trln soʻm, Sirdaryo viloyati 4,4 trln soʻm, Toshkent viloyati 16,1 trln soʻm, Fargʻona viloyati 22,8 trln soʻm hamda Xorazm viloyati 12,6 trln soʻmni tashkil etgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yil bilan solishtirilganda 10,4 foizga oʻsish qayd etilgan.