Toshkentga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi keltirildi

08.04.2024 00:00 O'zbekiston 5

Toshkent metrosi tarkibiga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi qo‘shildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida yana shunday 3 ta metro poyezdi olib kelish reja qilingan.

QuIXSn17125507753297_l

foto:Toshkent metropoliteni

8-aprel kuni Toshkent shahriga yangi to‘rt vagonli 2 ta zamonaviy metro poyezdi olib kelindi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

Poyezdlar yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida keltirilgan. Ular belgilangan yo‘riqnomaga asosan 8−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida esa yana 3 tasi yetkazilishi reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida ham xuddi shunday poyezdlardan uchtasi olib kelingandi. Kompaniya ularni “Yunusobod” va “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqarilishini ma’lum qilgandi.