2025-yilda Oʻzbekiston boʻylab barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 983 039 tonna uzum yetishtirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Oʻtgan yilda yetishtirilgan uzum hajmini hududlar kesimida taqsimlanganda eng yaxshi koʻrsatkich Samarqand viloyatida kuzatilib, yil davomida viloyatda 696 952 tonna uzum yetishtirilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 241 389 tonna koʻrsatkich bilan Buxoro viloyati ikkinchi, 229 063 tonna bilan Fargʻona viloyati uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Shuningdek, 2025-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 16 236 tonna, Andijon viloyatida 92 057 tonna, Jizzax viloyatida 38 374 tonna, Qashqadaryo viloyatida 131 708 tonna, Navoiy viloyatida 99 389 tonna, Namangan viloyatida 167 333 tonna, Surxondaryo viloyatida 94 443 tonna, Sirdaryo viloyatida 18 681 tonna, Toshkent viloyatida 102 198 tonna, Xorazm viloyatida 55 079 tonna hamda Toshkent shahrida 137 tonna uzum yetishtirilgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 7,6 foizga oʻsgan.