Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yilda ishlab chiqarilgan trikotaj mato mahsulotlari hajmi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, oʻtgan yilda Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 70,1 ming tonna trikotaj mato ishlab chiqarilgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, mazkur koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 32,5 foizga koʻpaygan.