Andijon davlat universiteti xalqaro fan olimpiadalarida mutlaq gʻalabaga erishdi

Mazkur nufuzli musobaqalarda dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Buxoro shahrida “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO–2026)” hamda “Bukhara International Chemistry Olympiad – 2026 (BICHO–2026)” xalqaro fan olimpiadalari boʻlib oʻtdi. Mazkur nufuzli musobaqalarda dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Olimpiadalarda faol ishtirok etgan Andijon davlat universiteti jamoasi 100 foizlik natija qayd etib, mutlaq gʻolib deb topildi. Shuningdek, universitet talabalari yakka bahslar davomida 1 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor boʻldilar.