Andijon viloyati Asaka tumanida 2 milliard soʻmga yaqin elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Asaka tumanida “E. B. B.” oilaviy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish obyektida oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Elektr taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida 1 milliard 969 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.