Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi.
Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan muzokaralar, shuningdek, ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash marosimi boʻldi.
Ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlarda Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari boʻlib oʻtgan muzokaralar haqidagi fikrlari bilan boʻlishdilar.
Davlat rahbarlari Hatay viloyatida Oʻzbekiston tomonidan qurilgan turar joy majmuasini foydalanishga topshirish, shuningdek, Istanbul shahrida oʻzbek maktabi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdilar.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Oʻzbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga Toshkentga joʻnab ketdi. “Esenbogʻa” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.