Oʻzbekiston va Xitoy qurilish materiallarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma laboratoriya tashkil etmoqda

Loyihaning umumiy investitsiya hajmi 10 million AQSh dollaridan oshiq deb kutilmoqda.

“O‘zbek ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Henan Metrologiya, Sertifikatlash, Inspeksiya va Sinov Assotsiatsiyasi ishtirokida, shuningdek “United Testing Inspection & Certification Technology Co., Ltd” o‘rtasida qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.Bu haqda UzDaily.uz sayti xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda xalqaro ISO/IEC 17025 standartlariga mos qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish muhokama qilindi.

Loyihaning umumiy investitsiya hajmi 10 million AQSh dollaridan oshiq bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshiriladi: laboratoriya uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish, xodimlar malakasini oshirish va laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Uchrashuv natijasida ilmiy-sinov infratuzilmasini rivojlantirish va qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.