Raqamli texnologiyalar vazirligi Xalqaro ma’lumotlar hamkorligi yo‘nalishi bosh strategiya direktori Frank Panbilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Lin-gang maxsus hududida vakolatxona ochish orqali Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, Xitoyning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda mahalliy universitetlarda startap-hablar tashkil etish hamda raqamlashtirish sohasida ushbu mamlakatning ilg‘or tajribasini o‘rganish orqali yyrtimizda raqamli xizmatlar va aqlli shaharni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur texnopark so‘nggi 6 yil ichida 100 milliard AQSh dollaridan ziyod investitsiyalarni jalb qilgan bo‘lib, umumiy maydoni 120 kvadrat kilometrdan oshadi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Linkwise kompaniyasining asoschisi va raisi Tomas Vang KKR Taxiatoshda amalga oshirilishi rejalashtirilgan MIHM loyihasining birinchi bosqichida 70 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan ma’lumotlar hisoblash jihozlari O‘zbekistonga yo‘lga chiqqanini ma’lum qildi.
Ushbu hamkorlik innovatsiyalar, texnologiyalar almashinuvi va investitsiyalarni kengaytirish orqali ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.