Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 12-dekabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 26,55 soʻmga oshdi va 12 047,45 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 110,41 soʻmga koʻtarilib, 14 099,13 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 3,59 soʻmga tushdi va 151,90 soʻmni tashkil etdi.