Surxondaryoda yangi tez tibbiy yordam boʻlimi foydalanishga topshirildi

Ushbu inshoot “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida barpo etildi

17.11.2025 14:15 O'zbekiston 1640

Surxondaryo viloyatida aholining sogʻligʻini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish yoʻlida yana bir muhim qadam qoʻyildi — Qumqoʻrgʻon tumanida zamonaviy tez tibbiy yordam boʻlimi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri veb sayti xabar berdi.

Ushbu inshoot “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida barpo etildi. Mazkur loyiha fuqarolarning davlat mablagʻlaridan foydalanish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, joylardagi dolzarb muammolarni xalqning real ehtiyoji va taklifiga tayanib hal etishga xizmat qilmoqda.

Ushbu tibbiy inshootning ishga tushirilishi Qumqoʻrgʻon tumanida sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishi, aholi farovonligi va hayot sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.