OITSga chalinganlar oʻrindiqlarga ataylab tibbiy igna qoʻyib ketayotgani rostmi?

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

10.11.2025 12:00 O'zbekiston 1741 ipaknews.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda OITSga chalingan shaxslar kasallikni boshqalarga yuqtirish uchun oʻrindiqlarga tibbiy igna qoʻyib ketayotgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Poytaxt IIBB tomonidan oʻtkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida bunday videotasvirlarni tayyorlagan va tarqatgan shaxslar aniqlangan.




“Oʻrtogʻim mana shunaqa «SPID” haqida video olaylik degandi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Butun xalqdan uzr soʻrayman. Bunaqa ommaga chiqib ketishini bilmagandim», — deydi videoni tayyorlagan shaxslardan biri.

Ushbu videotasvirlarni tayyorlagan va tarqatgan shaxslarning yana bir esa, Instagram ijtimoiy tarmogʻida oʻtirib, shu mazmundagi videoni koʻrgach, takrorlamoqchi boʻlgani haqida gapirgan.

“Oʻrindiqqa shpris qoʻyib ketilgani haqidagi videoni «Prosmotr” va “layk” uchun qilgandim. Qilgan ishimdan afsusdaman, xalqdan uzr soʻrayman», — degan u.

Hozirda videoni tayyorlab tarqatgan ikki shaxs nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 202-2-moddasi, yaʼni yolgʻon axborot tarqatish bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudiga yuborilgan.