Samarqand davlat universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Universitetning markaziy studiyasi orqali mamlakatimizdagi 20 ga yaqin oliy taʼlim muassasasida qurib bitkazilgan yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylari ochilish marosimiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov start berdi.