Harbiy qismlarda “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi tashkil etildi

79 ta harbiy okrugda 156 nafar notarius va yurist ishtirok etdi va harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga huquqiy maslahatlar berdi.

19.08.2025 19:36 O'zbekiston 128 ipaknews.uz

Oʻzbekiston Notarial palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan imzolangan memorandum doirasida “Yuksalish” harakati hamkorligida shu yilning 18-19-avgust kunlari mamlakat boʻylab barcha harbiy qismlarda “Notariuslardan huquqiy bilimlar” aksiyasi tashkil etildi.

Foto: «Xalq soʻzi»

Ularda yurtimizdagi 79 ta harbiy okrugda 156 nafar notarius va yurist ishtirok etdi va harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga huquqiy maslahatlar berdi.

Aksiya jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, aholi huquqiy savodxonligini oshirish hamda notarial xizmatlarning ahamiyatini keng targʻib etish maqsadida tashkil etildi. Mazkur aksiya 2020-yildan buyon anʼanaviy ravishda yilda ikki marta oʻtkazib kelinmoqda.