Poytaxtimizda “Oqila ayollar” harakati tashkil etilganining 3 yilligi munosabati bilan tantanali anjuman bo‘lib o‘tdi.

Amaliy taklif va tavsiyalar qabul qilindi.

13.08.2025 17:59 O'zbekiston 300 ipaknews.uz

Poytaxtimizda “Oqila ayollar” harakati tashkil etilganining 3 yilligi munosabati bilan tantanali anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari— Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova nutq so‘zlab, bu harakatning yurtimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Oqila ayollar” harakati Davlatimiz rahbarining ma’rifatparvar g‘oyalariga asoslangan holda 2022-yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 200 ming nafar faol a’zo ayollarni birlashtirgan ulkan jamoatchilik tuzilmasiga aylanib ulgurdi. Harakat a’zolari nafaqat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda, balki yuz minglab oilalar taqdiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

Anjumanda ta’kidlanganidek, “Oqila ayollar” o‘z faoliyatini oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarni kamaytirish, erta nikohlar, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, yoshlarda ma’rifat vamas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish kabi muhimmasalalarga yo‘naltirmoqda.

Harakat doirasida:

• 854 mingdan ortiq xonadon o‘rganildi,

• 58 mingdan ziyod muammolar aniqlandi,

• 21 mingdan ziyod ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi,

• 17 mingdan ziyod zo‘ravonlik holatlari bartaraf etildi,

• 6 700 ta maktab va kasb-hunar muassasasida “Oqila qizlar” klublari tashkil etildi.

Shuningdek, “Aql bilan oila qur” loyihasi doirasida yoshlar, nikoh arafasidagi juftliklar, muammoli oilalar bilan 9 mingdan ziyod uchrashuvlar tashkil etildi. Bu tadbirlarda huquqshunoslar, psixologlar faol ishtirok etib, yoshlarning hayotga ongli yondashuvini shakllantirishga hissa qo‘shdi.

Bosh vazir o‘rinbosari o‘z nutqida ta’kidlaganidek, mazkur harakat orqali ma’rifatli onalar, mas’uliyatli ota-onalar, barkamol avlod va sog‘lom oilalarni shakllantirish— davlatimiz rahbari belgilab bergan eng ustuvor vazifalardan biridir.

Anjumanda “Oqila ayollar” harakati faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, jamiyatda uning ta’sirini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator amaliy taklif va tavsiyalar qabul qilindi. Jumladan, “Oila maktablari”nikeng joriy etish, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni ilg‘or yechimlar orqali hal etish va media faollikni kuchaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

Tadbir yakunida respublika “Oqila ayollar” harakatining istiqboldagi vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari hamda ayollar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq amaliytaklif va tavsiyalar o‘z ifodasini topgan Forum rezolyutsiyasi qabul qilindi. Rezolyutsiya matnini Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Ahmedova forum ishtirokchilariga o‘qib eshittirdi.