Isroil kuchlarining Gʻazoni bombardimon qilishi oqibatida 8 nafar falastinlik halok boʻldi, bu haqda “Al Jazeera”ga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Isroil harbiy kuchlari janubiy Al-Mavasi shahridagi evakuatsiya qilingan odamlar joylashgan boshpanalarga zarba bergan. Mazkur hujumlar oqibatida kamida 3 nafar falastinlik halok boʻlgan. Oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonalarga yuborilgan.
Bundan tashqari, Isroil kuchlarining Gʻazo shahridagi Hamid koʻchasida joylashgan turar-joy binosiga uyushtirgan hujumi oqibatida yana besh nafar falastinlik qurbon boʻlgan.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qilgan bosqinlari oqibatida kamida 57 ming 882 nafar falastinlik halok boʻlgan. 138 ming 95 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.