Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida qiymati 10,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 6 832 tonna quritilgan oʻrik eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 foizga oshgan.
Mazkur davr mobaynida Oʻzbekistondan eng koʻp quritilgan oʻrik Qozogʻiston Respublikasiga yetkazib berilgan — 1 ming 792 tonna.
Shuningdek, Xitoyga 1 ming 78 tonna, Turkiyaga 1 ming 23 tonna quritilgan oʻrik eksport qilingan. Bundan tashqari, Rossiyaga 902 tonna, Belarusga 478 tonna va boshqa davlatlarga 1 ming 550 tonna quritilgan oʻrik yuborilgan.