Qirg‘iziston parlamenti «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

15.03.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 4

 

 

Qonun andozasi Rossiyadagi xuddi shunday qonundan olingan,agarda qonun prezident tomonidan imzolansa,notijorat nodavlat tashkilotlari faoliyatini «keskin qiyinlashtiradi». 

Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi – yakuniy o‘qishda qabul qildi. 

Qayd qilinishicha, qonun loyihasi uchun ovoz berish ikki daqiqa davom etgan, hech qanday muhokama bo‘lmagan. 66 nafar deputat uni yoqlagan, 5 nafari qarshi ovoz bergan. Endi qonunni qabul qilish uchun mamlakat prezidentining imzosi kifoya.