O'shdan O'zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo'lga qo'yilishi mumkin

05.04.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

Qirg'iziston tomoni O'shdan O'zbekiston shaharlariga aviaqatnovlarni yo'lga qo'yishga qiziqish bildirmoqda

 

O'zbekiston bosh konsuli Zafarbek Ahmedov "Manas" xalqaro aeroportining O'sh filiali direktori Timur Madanbekov bilan uchrashdi

photo_2024-04-05_10-20-41

foto:"Dunyo" AA

Muloqot avvalida O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida turli darajadagi aloqalar, xususan savdo-iqtisodiy, ta'lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi o'zaro hamkorlik jadal rivoj topayotgani qayd etildi.

O'zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qilish yoki davolanish maqsadida borayotgan Qirg'iziston fuqarolarining soni yildan yilga oshayotgani, shuningdek, yozgi mavsumda Qirg'izistonga dam olish uchun kelayotgan o'zbekistonliklar ham ko'paygani ta'kidlandi. Biroq, O'sh va unga qo'shni viloyatlarni O'zbekistonning Toshkent va boshqa tarixiy shaharlari bilan bog'lovchi qulay transport-logistika tizimining yo'qligi turizmni yanada rivojlantirishda asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda.

Shulardan kelib chiqqan holda qirg'iz tomoni Toshkent-O'sh-Toshkent yo'nalishi bo'yicha aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish taklifini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat fuqarolari uchun qator qulayliklarni taqdim etadigan va o'zaro turistlar almashinuvini oshirishga xizmat qiladigan havo qatnovlarini yo'lga qo'yish bo'yicha O'zbekistonning tegish tashkilotlari bilan alohida uchrashuv tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.