Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegarasi yaqinidagi to‘g‘on buzilishi sababli odamlar evakuatsiya qilindi

07.04.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegarasi yaqinidagi to‘g‘on buzilishi oqibatida 4 ming kishi evakuatsiya qilindi.Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegaradosh Orenburg viloyatida to‘g‘on yorilishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini tufayli 4 mingdan ortiq fuqaro favqulodda evakuatsiya qilindi

foto: Russian Emergencies Ministry

Rasmiylar Ural daryosidagi xavfli suv sathidan aholini ogohlantirgan. To‘g‘on buzilishi bo‘yicha tergov ishlarini boshlangan.

Orenburg gubernatorligining maʼlum qilishicha, hozirga qadar 4208 kishi, jumladan 1019 nafar bola xavfli zonadan evakuatsiya qilingan. Suv toshqinlari oqibatida 2500 dan ortiq uy zarar ko‘rgan.

Foto: AP Photo

Viloyat gubernatori Denis Pasler suv toshqini o‘zining “cho‘qqisiga” yetganini aytgan. 230 ming aholi yashaydigan chegara shahar Orskda vaziyat og‘ir ekanini maʼlum qilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan videotasvirlarda aholiga qutqaruv jiletlari kiydirilib, qutqaruv qayiqlariga tushishga yordam berilgani aks etgan. Minglab uylar suv ostida qolgan, deb xabar bermoqda Rossiya axborot agentliklari.

Rossiya hukumati, shuningdek, 2014-yilda qurilgan to‘g‘on yorilishi yuzasidan “beparvolik va qurilish xavfsizligi qoidalarini buzish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Mahalliy prokuratura to‘g‘on texnik xizmat ko‘rsatilmagani uchun buzilganini maʼlum qilgan.