Qozog‘istonda suv toshqini sabab 400 dan ortiq yuk Qozog‘iston Transport vazirligi o‘zbekistonlik hamkasblari bilan Qulsari yaqinida qolib ketgan yuk mashinalarining o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Foto: aikyn.kz
Qozog‘iston Transport vazirligi O‘zbekiston hududi orqali tranzit yuk mashinalarini o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibi masalasida O‘zbekiston tomoni bilan ish olib borayotganini ma’lum qildi. Jumladan, yuk mashinalari Mang‘istov va Turkiston viloyatlaridagi “Tajen” va “Konisboyeva” nazorat-o‘tkazish punktlari orqali o‘tishi rejalashtirilmoqda.
- Qozog‘istonda suv toshqini boshlanganidan buyon 102 mingdan ortiq odam qutqarilib, evakuatsiya qilingan. Shimoliy Qozog‘iston, Sharqiy Qozog‘iston, Oqmo‘la, Aqto‘be, Qo‘stanay, Atirau viloyatlarida 3957 ta xususiy uy va 942 ta hovli suv ostida qolmoqda. Suv toshqini boshlanganidan buyon 102 328 kishi qutqarildi va evakuatsiya qilindi, ulardan 37 537 nafari bolalar.
- 10120 kishi uyiga qaytdi. Fuqarolarni vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 6757 nafar fuqaro bor, shundan 3148 nafari bolalardir. 102 156 bosh qishloq xo‘jaligi hayvonlari xavfsiz joyga haydalgan.