Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qilyapti.Tojikiston javob choralarini ko‘radi va Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qilmoqda. 2021 yildan Turkiya fuqarolari Tojikistonda 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin edi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi vakilining 15 aprel kuni aytishicha, qaror joriy yilning 20 aprelidan kuchga kiradi.
foto:khabarikhush.tj
«Turkiya fuqarolari Tojikiston vizasini Tojikiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida olishi mumkin», — dedi u.
5 aprel kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilish haqidagi farmonni imzoladi. Farmon matnida shunday deyiladi: «Tojikistonning oddiy chet el pasportiga ega fuqarolari uchun Turkiyaga sayohat qilishda vizasiz rejimni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi». Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimi joriy yilning 20 aprelidan joriy etiladi.
Tojikiston fuqarolari uchun viza rejimini joriy qilish sabablari aniqlashtirilmagan, biroq ko‘plab rus ommaviy axborot vositalari buni Tojikiston fuqarolari gumonlanuvchi sifatida qayd etilgan Rossiya va Turkiyadagi teraktlar bilan bog‘lamoqda.