Qambarota GES-1 bo‘yicha AJ tashkil etilishi mumkin

16.04.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 7

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 bo‘yicha AJ tashkil etishni rejalashtirmoqdalar 

Mamlakatlar tegishli bitim tuzishga tayyorlanmoqda.

3uWvGINFChy1R8LkwApKo77P6EfxALBd

foto: Knews

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tashkil etish niyatida.

Bunda Qirg‘iziston tomonining loyihadagi va ustav kapitalidagi ulushi 34 foizni, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomoni esa 33 foizdan oladi. Tegishli uch tomonlama hukumatlararo bitim loyihasi Qozog‘istonning «Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar» saytida e’lon qilindi

Hujjatda qayd etilishicha, «tomonlarning loyiha doirasidagi hamkorligi asosiy tamoyillari Qambarota GES-1da ishlab chiqariladigan elektr energiyasining barcha hajmini tomonlar belgilagan tashkilotlar tomonidan kafolatlangan xarid qilishdan iborat». 

Loyiha amalga oshirilgach, Qambarota GES-1 aksiyalari va aktivlari to‘liq qirg‘iz tomonining mulkiga o‘tadi, deyiladi shartnoma loyihasida. 

2023 yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. 

Qozog‘iston Energetika vazirligining fikricha, Qambarota GES-1 Qirg‘izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi kerak va Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek, mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtiradi. 

Avvalroq prezident Sadir Japarov Qambar-Ota-1 GESi qurilishi 5-6 milliard dollarga tushishini aytgan edi.