Markaziy Osiyo davlatlarida mudofaa xarajatlari qisqargan

24.04.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 7

Markaziy Osiyo davlatlari 2023-yilda mudofaa uchun 1,8 milliard dollar ajratdi. Bu 2022-yilga nisbatan 5,3 foizga kam.

Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) o‘z hisobotida ma’lumot berdi.

ana-cY4642Oi

foto:Anadolu

Maʼlumotlar yo‘qligi sababli O‘zbekiston va Turkmaniston hisob-kitoblarga kiritilmagan. To‘qqiz yil ichida Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa xarajatlarini 16 foizga qisqartirgan. O‘tgan yili dunyo bo‘ylab harbiy xarajatlar uchun rekord darajadagi 2,44 trillion dollar mablag‘ sarflandi

AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ukraina, Fransiya va Yaponiya 2023-yilda harbiy byudjetga eng ko‘p mablag‘ sarflagan o‘ntalik mamlakatlaridan hisoblanadi.  

AQSHning harbiy sohaga ajratgan mablag‘i 2,3 foizga o‘sib, 2023-yilda jami 916 milliard dollarni tashkil etdi. 296 milliard dollarlik harbiy byudjet bilan Xitoy 6 foizlik o‘sishni qayd etgan. Rossiyada esa bu 24 foizga oshib, 109 milliard dollarlik chegaraga yetgan.

Isroilning harbiy xarajatlari mintaqada Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. 2023-yilda Tel-Aviv harbiy byudjeti 24 foizga o‘sib, 27,5 milliard dollarni tashkil qilgan. Turkiyaniki esa 37 foizga oshib, 15,8 milliard dollarda to‘xtagan.