«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida tirbandliklar kuzatilmoqda

26.04.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 7

«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida `rda Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

20161127182124583acfc42cf67

foto:titus.kz

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining xabar berishicha, ayni kunlarda “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotgani sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu sababli asosiy oqim "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona postiga to‘g‘ri kelmoqda.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi harakatlanmoqda.

Fuqarolar va transport oqimining yildan yilga ko‘payib borayotganini inobatga olgan holda mazkur postni kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Chegara bojxona posti butunlay zamonaviy qiyofa kasb etadi. Rekonstruksiya ishlari joriy yilning oktyabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.

Bojxona boshqarmasi vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘ragan.