2024-yilda Qirgʻizistonda «Oʻlmas polk» marshi xavfsizlik sababli bekor qilindi. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, bunday chora-tadbirlar aholi gavjum joylarda huquq-tartibotni buzish, jinoyat sodir etish xavfini bartaraf etish maqsadida amalga oshirilgan.
2023-yilda Bishkek va respublikaning boshqa shaharlarida oʻtkazilgan «Oʻlmas polk» marshida oʻn minglab odamlar qatnashgan. Shu yil boshida ham tadbirni oʻtkazish rejalashtirilgan edi.