foto:hvlya.net
Chegara muammosini hal qilish uchun Qirg‘iziston va Tojikiston hududlarni almashish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Botken viloyatidagi chegara qiyin uchastkalardan, aholi gavjum hududlardan o‘tadi.
Shuning uchun uni ajratishga to‘g‘ri keladi. Bu murosaga erishishning qiyin yo‘lidir. Busiz iloji yo‘q. Yon berishimiz kerak. Agar kerak bo‘lsa, hududlarni almashish variantini ko‘rib chiqish mumkin. Albatta, mahalliy aholi bilan dastlabki kelishuv bo‘lishi lozim, hozir ish shunday ketmoqda, — dedi Imanqulov.
Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi chegaralarni aniqlash bilan bog‘liq barcha jarayonlar tinch yo‘l bilan davom etishi kerakligini aytdi.
Biz bu jarayonni fuqarolarimiz va davlatimiz manfaatlariga daxl qilmasdan, ayni paytda qo‘shni davlat manfaatlarini hisobga olgan holda yakunlaymiz. Ular bizning manfaatlarimizni ham hisobga olishiga erishamiz. Umid qilamanki, bu yil hammasini yakunlashimiz kerak, — dedi u.