Moskvadagi paradda Markaziy Osiyo rahbarlarining barchasi ishtirok etadi

07.05.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

photo_2024-05-07_09-28-11-rzjOoXEg

foto:Kremlin.ru

Moskvadagi Qizil maydonda 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda Rossiya rahbari Vladimir Putindan tashqari to‘qqiz nafar prezident ishtirok etadi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.

Harbiy paradda 9 mingdan ortiq askar qatnashadi, 70 ta yalpi hujum tizimlari ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. Faxriy mehmonlar qatoridan quyidagi davlat yetakchilari o‘rin olgan:

  1. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko,
  2. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev,
  3. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov,
  4. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon,
  5. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
  6. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev,
  7. Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes,
  8. Laos Xalq demokratik respublikasi prezidenti Txonglun Sisulit
  9. Gvineya-Bisau prezidenti Umar Sissoku Embalo.

Davlat rahbarlari Putin bilan birga “Noma’lum askar” qabriga gul qo‘yish marosimida ham qatnashadi.