foto: facebook.com/scocenter.tj.
Tojikistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining do‘stlik va hamkorlik markazida "Markaziy Osiyo — ShHT yadrosi: tinchlik va farovonlik makoni"mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar Tojikiston TIV, Tojikiston prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi va Tojikistondagi ShHT do‘stlik va hamkorlik markazi bo'ldi.
Tojikiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Sodiq Imomi, ShHT bosh kotibi Chjan Min (onlayn), davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, Tojikistondagi ShHT do‘stlik va hamkorlik markazi direktori Davron Juraxon Safarzoda, Tojikistonning ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori vazifasini bajaruvchi Ahmad Saidmurodzoda tabrik so‘zlari bilan chiqdilar.
Talabxo‘ja Sattorov nomidagi Tojikiston Milliy konservatoriyasining yosh iste‘dodlari konferensiya ishtirokchilari oldida "O‘rta Osiyoning sehrli qo‘shiqlari"nomi ostida konsert bilan chiqish qilishdi.
Tadbir davomida ShHT doirasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish borasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining bunyodkorlik siyosati yuzasidan fikr almashildi.