Q‘irg‘iz amaldorlari ko‘proq jamoat transportidan foydalanishga majbur bo‘ladilar

14.05.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

transport-1

foto:vb.kg

Bishkek meri Aybek Junushaliyev qo‘l ostidagi xodimlarga seshanba va payshanba kunlari avtomobildan foydalanishni taqiqladi. 

Hujjatga muvofiq, poytaxt meriyasi markaziy apparati, idoraviy va hududiy boshqarmalar, munitsipial korxona va muassasa xodimlari hamda bo‘lim rahbarlari har hafta seshanba va payshanba kunlari shahar bo‘ylab harakatlanish uchun faqat jamoat transportidan foydalanishi lozim. Ular jamoat transportida harakatlanishda haydovchi sanitariya me‘yorlariga, xizmat ko‘rsatish sifati va to‘lov usullariga qay darajada rioya qilayotganini monitoring qilishi kerak.

Xizmat avtomobillaridan faqat ish uchun foydalanish belgilangan, joylardan tashqarida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar uchun transport tashkil etiladi. Amaldorlar har oyning 25-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etishi shart.