Qozog‘istonga keluvchi sayyohlar uchun viza tartibi raqamlashtirilishi mumkin

15.05.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

photo_2024-05-14_12-21-17-kb02hnc-

foto:Google

Qozog‘iston turizm va sport vaziri Yermek Marjikpayev Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida chet ellik sayyohlarni mamlakatga qanday jalb qilish haqida gapirdi

 
Turizm vazirligi rahbari sayyohlarning shikoyatlari asosan viza va migratsiya rejimi masalalari bilan bog‘liqligini aytdi. Marjikpayev viza olish tartib-qoidalarini raqamlashtirish va soddalashtirish orqali yechim topish mumkinligini taʼkidladi.
“Manfaatdor davlat idoralari bilan birgalikda xorijiy fuqarolar uchun Neo Nomad Visa’ni joriy etish, ularga mamlakatda uzoq muddatga qolish huquqini berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu chorani amalga oshirishdan kutilayotgan iqtisodiy samara yiliga 3 milliard tengedan ortiqni (salkam 6,8 million dollar) tashkil qiladi. Hozirda Neo Nomad Visa’ni joriy qilish mexanizmi ishlab chiqilib, manfaatdor davlat organlariga yuborildi”, — dedi vazir.