Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

17.05.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 4

27629619_0_0_1280_721_1920x0_80_0_0_1fba76699e13169777d22c719d7f0c0d

foto:Sputnik Kazahstan

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Davlat rahbari Qozog‘iston prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Qosim-Jo‘mart To‘qayevning O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Shuningdek, ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston—Qozog‘iston ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirishga doir dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi. Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvdagi kelishuvlarning amalga oshirilishi va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, biznes va hududlarni jalb qilgan holda sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiyani ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.