O‘zbekiston va Qirg‘izistonni o‘rtasidagi bojxona posti sentabrda ochiladi

15.06.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

QOST8717184356215955_b

foto: Bojxona qo‘mitasi

O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi Namangan viloyatidagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti sentabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Namangan viloyatidagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti 2024-yilning sentabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i U.Kodirov “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona postida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i post qurilishi bilan tanishuv jarayonida pudrat tashkiloti tomonidan ishlarni jadallashtirish, qurilish sifatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

“Mazkur chegara bojxona postining ochilishi Namangan viloyati va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratibgina qolmay, logistika, xizmat ko‘rsatish sohalarining takomillashtirilishiga ham xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.