Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston janubida ham sezildi

09.07.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

Alv8jc17179898992976_b

Tojikistonda soat 18:04 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball). 

8-iyul kuni soat 18:04 da Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila ta’siri Surxondaryo viloyatida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.

Epitsentrdagi zilzila magnitudasi — 4. Chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 393 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Sho‘rchi tumanida 2−3 ball, 28 km.

  • Uzun tumanida 2 ball, 37 km.

  • Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.

  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 53 km.