O‘zbekiston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuboradi

16.07.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

2h7M6llLg_2mJOZi01Cjqca78Lfd1PXY

foto: Andijon viloyati hokimligi

Yuklar Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postidan yo‘lga tushgan 

O‘zbekiston prezidenti nomidan O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordamlari yuborilmoqda.

Andijon viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ayni daqiqalarda Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postida o‘nlab yuk mashinalari saf tortgan.

Andijon viloyati hokimi va qator mutasaddilar ishtirokida insonparvarlik karvoni Qirg‘iziston tomon jo‘nab ketish arafasida.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 14 iyul kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tog‘ va adirliklarida kuzatilgan jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida kuchli sel kuzatildi.