-
foto:krasninitki.ru
Qozog‘iston yetti yildan oshgan avtomobillarni import qilishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sanoat va qurilish vazirligi integratsiya va xalqaro hamkorlik departamenti direktori Adilbek Bektiboyev qayta ishlash to‘lovini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga bag‘ishlangan ochiq anjumanda ma’lum qildi.
Bu taklif ishchi guruh muhokamasi yakunlari bo‘yicha bildirildi.
“Ishchi guruh ishtirokchilari mamlakatga yetti yildan oshgan avtotransport vositalarini olib kirishni cheklashni taklif qilishdi”, - dedi Bektiboyev