Qirg‘iziston prezidenti tog‘da chiqindilarni tozaladi

Qirg‘iziston prezidenti tog‘da chiqindilarni tozaladi

22.08.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 42

IzufQ0_X73BrPKkf6CbyrW1WhXT-Ywi5

Sadir Japarov yurtdoshlarini tabiatni asrashga chaqirdi.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tog‘larda sayyohlar tashlab ketgan chiqindilarni yig‘ib, yurtdoshlarini tabiatni asrashga chaqirdi. Siyosatchi bu jarayon aks etgan videoni Facebook sahifasiga joylashtirdi.

«Tabiatga befarq bo‘lmaylik, bir-birimizni nazorat qilaylik, tarbiyalaylik, o‘rnak bo‘laylik», dedi Japarov.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, «kimdir, qayerdandir kelib» tartib-intizom o‘rnatib bermaydi. Japarov, shuningdek, mamlakat fuqarolarini bir kun bilan yashamaslikka chaqirdi.